Yangi O’zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Ma’lumki, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti pedagogik jamoasi orasidan shakllantirilgan ishchi guruhi a’zolari poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi 39 ta umumta’lim maktabida taʼlim sifatini oshirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganib, maktab pedagoglariga amaliy-uslubiy yordam koʻrsatmoqda. Oʻqituvchilarning kasbiy mahoratini oshirishga va metodik qoʻllab-quvvatlashga katta ko‘mak bermoqda. Hamkorlik doirasida oʻquvchi va oʻqituvchilar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

Xususan, 2022-yil 19-aprel kuni tumandagi 307-umumta’lim maktabida “O‘zbekiston yagona uyimiz” mavzusida 1–4-sinf o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan rasmlar tanlovi ham katta tayyorgarlik hamda ko‘tarinki ruhda tashkil etildi. Bu tadbirda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining butun pedagogik jamoasi, ayniqsa, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi xodimlari faollik ko‘rsatishdi.

Ushbu tanlovda tumandagi 39 ta maktabning 1 nafardan o‘qituvchisi rang-tasvirlarda iste’dod va qobiliyatini namoyon etdi.

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Ularning rassomlik mahoratlari yana bir bor sinovdan o‘tkazildi.

O‘quvchilar chizayotgan rasmlarda Vatanimizning har bir go‘shasi kundan-kunga gullab-yashnab borayotgani, mamlakatimizdagi yangilanish va islohotlar jarayoni, bunyodkorlik ishlari yaqqol sezilib turdi. Mamlakatimiz ravnaqi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatayotgan xalqimizning mardligi, mamlakatimizning boshqa davlatlar bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari rasmlarda jozibador shaklda tasvirlandi.

Ijodiy ishlarda mustaqilligimizni mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, tariximiz va ulug‘ ajdodlarimizning ma’naviy merosi va qadriyatlarini ulug‘lash borasida amalga oshirilayotgan vazifalar, aholi gavjum ko‘chalar, obod mahallalar hududlari, korxona, tashkilot, muassasalar binolari yaqqol aks ettirildi. Bu esa o‘z navbatida, bolalarda tasavvur va ijodiy fikrlashning rivojlantiradi. Ularda sanʼat va goʻzallikning individual idrokini shakllantirib, yanada tashabbuskor boʻlishga undaydi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Bahrom Bakiyev hamda yana bir qator professor-о‘qituvchilar, tuman xalq ta’limi bo‘limi vakillari, maktablardan tashrif buyurgan ustoz-murabbiylar ishtirokida tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, ta’lim sifatini tubdan yaxshilashga qaratilgan samarali ishlar xususida fikr yuritildi. Ta’lim berish samaradorligini oshirish, yoshlar tashabbuslarini aniqlash borasida bajarilayotgan muhim vazifalar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Qayd etildiki, so‘nggi yillarda ta’lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo‘yicha juda muhim vazifalar bajarilmoqda. Mamlakatimizda ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan islohotlar salohiyatli kadrlar yetishtirib chiqarishning, iqtidorli, salohiyati yuqori, zamonaviy texnika va texnologiya, axborot kommunikatsion madaniyatini puxta o‘zlashtirgan, bilimli, yetuk yoshlarni tarbiyalashning muhim omili bo‘lmoqda.

Ushbu tanlov ham kelajagimiz egalari bo‘lgan o‘quvchi-yoshlarning tasviriy san’at borasidagi iqtidor va qobiliyatini yuzaga chiqarish bilan bir qatorda, ularni ma’naviy jihatdan barkamol ulg‘aytirishda, har jihatdan sog‘lom, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlar bo‘lib voyaga yetishida muhim va mustahkam poydevor hisoblanadi.

Mahorat, iqtidor va qobiliyat bobidagi sinovlarda 212-umumta’lim maktabining 2-sinf o‘quvchisi Sa’diya Tursunova muvaffaqiyatga erishib, 1-o‘ringa munosib ko‘rildi. Tanlov natijalarga ko‘ra 2-o‘rinni 23-maktabning 4-sinf o‘quvchisi Hamidaxon Yusupova qo‘lga kiritdi. 3-o‘rinni esa 307-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Shahlo Avazova egalladi.

G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Tadbir tashkilotchilari tomonidan e’tirof etilganidek, farzandning yutug‘i ota-onaga yuqori kayfiyat ulashib, ko‘ksini tog‘dek ko‘taradi. Bolalarining g‘alabasidan ota-onaning quvonchi cheksiz bo‘ladi. Shu aziz Vatanda yashab, farzandlarining baxtu kamolini ko‘rayotganidan qalbi cheksiz faxr-iftixor tuyg‘usi bilan to‘lib-toshadi. Ota-onasining, ustozlarining o‘gitlariga, nasihatlariga amal qilgan yoshlar faqat yuksak marralarni zabt etadi.

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi

image_pdfimage_print