Yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev boshchiligida yangi o’quv yiliga tayyorgarlik jarayoniga bag’ishlangan yig’ilish o’tkazildi. Yig’ilish davomida institutning ma’naviy-ma’rifiy, o‘quv-uslubiy va moliya-xo’jalik yo’nalishlarida yangi o’quv yiliga tayyorgarligi borasida fikr almashildi. Jumladan, ma’naviy-ma’rifiy yo’nalishdagi asosiy masalalardan biri yaqinlashib kelayotgan 31 yillik mustaqillik bayramini ko’tarinki ruhda o’tkazish maqsadida joriy yilning 22-avgustdan 28-avgustgacha dolzarb haftalik e’lon qilindi. Shu maqsadda har bir kafedraga biriktirilgan yer maydonida obodonlashtirish ishlari tashkil qilinadi hamda yakunda “Eng yaxshi obodonlashtirilgan hudud” nominatsiyasi bo’yicha g’oliblar aniqlanadi va institut rahbariyatining esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

O’quv-uslubiy yo’nalishdagi asosiy masalalardan biri yangi o’quv yili uchun dars jadvallarini tartibli shakllantirish va o’z vaqtida o’quv xonalari taqsimotini amalga oshirish vazifasi belgilandi. Hamda eng muhim vazifa sifatida “Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida mustaqillik darslarini yuqori darajada tashkil etishga barchaning birdek mas’ul ekanligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek “Hemis” tizimida talabalarga oid ma’lumotlarni sifatli shakllantirish, o’quv adabiyotlari bilan ta’minlanganlik darajasini ko’rib chiqish, talabalikka qabul qilingan 1-bosqich talabalarining buyruqlarini o’z vaqtida chiqarish kabi muhim vazifalarni o’z vaqtida bajarish bo’yicha mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berildi. Moliya-xo’jalik yo’nalishida esa avvalo talabalar turar joyining yangi o’quv yiliga shay holatda bo’lishi masalasi ham ko’rib chiqildi.

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

Hozirgi kunda talabalar turar joyiga bo’lgan ehtiyojni hisobga olib, talabalarni saralashda belgilangan mezonlarga qat’iy rioya qilish kerakligi ta’kidlab o’tildi. Shuningdek, imkoniyat kelib chiqib talabalar turar joyi ololmagan talabalarga ijara uylarini topishda tizimli ko’maklashish, ijara pullarining 50 foizini to’lab berish tizimini yangi o’quv yilida ham davom ettirish maqsadga muvofiq ekanligini ta’kidlandi. Bundan tashqari institut boshqaruv apparatining muhim bo’g’ini bo’lgan barcha tegishli bo’limlarga yillik ish rejalarni tayyorlash va tasdiqlash vazifasi qo’yildi. Erkin muloqot tarzida o’tgan yig’ilishda yuqorida ko’rsatib o’tilgan vazifalarni bajarishda institutning har bir xodimi belgilangan vazifalarda ezgulik mujassam ekanligini his qilib, ishiga vijdonan yondashishi, institutning har bir qarich yerini ona vatanimiz O’zbekistonning bir parchasi sifatida e’zozlashi lozim ekanligi alohida ta’kidlandi.

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari muhokama qilindi

image_pdfimage_print