Yangi o’quv yiliga qabul jarayoni bo’yicha yig’ilish o’tkazildi

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Joriy yilning 22-iyun kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rektor, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev tomonidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar qatnashgan majlisda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilish davomida ko‘tarilgan dolzarb masalalar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar muhokama etildi.

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2022 – 2023-o‘quv yili uchun mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovlari topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlangani ta’kidlandi. Bu yilda abituriyentlarni baholash mezonlari o‘zgargani haqida tushuntirishlar berildi.

Ushbu ta’lim muassasiga qabul jarayonlari, kirish imtihonlarida abituriyentlarga yaratilayotgan sharoitlarni yaxshilash, test sinovlari topshirish jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, qonun buzilishi va muammoli holatlarni oldini olish borasidagi ishlarning samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar aytildi.

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, uning sifati hamda samaradorligini oshirish, ta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda. Shu bilan birga, oliy o‘quv yurtlariga qabul jarayonlarining shaffofligini ta’minlash, ta’limdagi korrupsiya va poraxo‘rlikning oldini olishga, korrupsiyani tag-tomiri bilan yo‘q qilishga astoydil harakat qilinmoqda. Chunki ushbu holatlar yillar davomida ta’lim tizimidagi eng og‘riqli nuqta bo‘lib kelgan. Ammo yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari boshlanishi arafasida bu kabi qing‘irliklarni, harom luqma bilan kun kechirishni o‘ziga odat qilgan ayrim nopok insonlarni uchrab turishini ham inkor qilib bo‘lmaydi. Bunday holatlar esa jamiyatimizdagi sog‘lom muhitga salbiy ta’sir qilishini ham unutmaslik darkor. Demak, jamiyatimizni halol va korrupsiyadan xoli hududga aylantirishga barcha birdek mas’ul hamda poraxo‘r kimsalarga qarshi kurashishda fuqarolarning harakati asosiy kuchga ega bo‘lishini anglab yetishimiz lozim. Shunday ekan, ushbu oliy ta’lim dargohining pedagogik jamoasi o‘z kasblariga nisbatan fidoyilik xislatini yanada oshirishga intilishlari kerak.

Yig‘ilish davomida ta’kidlanganidek, yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, intellektual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni rivojlantirish hamda fan, ta’lim va ishlab chiqarishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Institutning rahbar kadrlari, mas’ullarini ta’lim dargohimizdagi yoshlarni ish bilan ta’minlanishiga juda jiddiy ahamiyat qaratishlari lozim. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish zarur.

Shuningdek, magistratura sirtqi ta’lim bo‘limi faoliyati hamda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlaridagi uchrayotgan mavjud kamchiliklar, guruh jurnallarining yuritilish jarayonlari bilan bog‘liq holatlar va kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi. Davlat ta’lim standartlariga to‘liq javob beradigan, xalqaro tan olingan ta’lim dasturlarining mazmuni bilan ham tenglasha oladigan o‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda ushbu dasturlar asosida yangi avlod darsliklarini, o‘quv-metodik majmualarni yaratish ishlarini o‘z vaqtida ta’minlash kerakligi qayd etildi.

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Dunyoning nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda ilmiy faoliyat yuritish borasida faoliyatni takomillashtirish zarurligi aytildi. Qabul jarayonlarida korrupsion holatlarni oldini olish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Yangi o'quv yiliga qabul jarayoni bo'yicha yig'ilish o'tkazildi

Samimiy ruhda о‘tgan hamda bahs-munozaralarga boy bo‘lgan qizg‘in muhokamalarda majlis ishtirokchilari o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Kerakli xulosalarni chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab olishdi.

image_pdfimage_print