Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar

Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarni bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ushbu maqsadda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar tomonidan talabalar turar joyi, ijarada turadigan о‘g‘il-qizlarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan kartoshka, piyoz,о‘simlik yog‘i, non singari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish an’ana tusini olgan.Birgina joriy yilning о‘zida saxovatpesha insonlar tomonidan 20 ga yaqin shu kabi tadbirlar amalga oshirildi. Ana shunday xayriya ishlarida talabalarning о‘zlari ham ishtirok etib, boshqalarga о‘rnak bо‘lishyapti.
Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar
2018- yilning yanvar oyidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan Talabalar turar joylarida yashaydigan о‘g‘il-qizlarga institut rahbariyati hamda professor-о‘qituvchilar tomonidan har oyda bir marta homiylik asosida doshqozonlarda osh damlanib, tarqatilishi yо‘lga qо‘yilgan edi. О‘tgan yillar davomida ushbu xayrli ish an’ana tusini olib, davom ettirilib kelinyapti. Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan bо‘lgan ushbu saxovat tadbirlaridan talabalar mamnun.
Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar
Bugun ham an’anaga sodiq qolingani holda institutning 1- va 2 – Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan о‘g‘il-qizlar uchun yana bir xayrli ish amalga oshirildi. Yangi о‘quv yilining ilk oyida 2 ta doshqozonda 70 kilogramm lazer guruchidan osh damlanib, talabalarga bepul tarqatildi. Kо‘rsatilgan ushbu muruvvat ushbu oliy о‘quv yurtida tahsil olayotgan yoshlarning kechki dasturxoniga о‘ziga xos tuhfa bо‘ldi.
Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar
Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan, bugungi kunda an’anaga aylangan shu kabi xayrli ishlar mamlakatimiz kelajagi bо‘lgan о‘g‘il-qizlarni mehr-oqibatli, saxovatpesha, о‘zlari tug‘ilib о‘sgan shu muqaddas zaminga fidoyi, buyuk ajdodlarimizga munosib avlodlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar
Yana bir yangilik haqida.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Axborot resurs markazida 2020- yilning 1- fevralidan boshlab kitob о‘qishga kirgan talabalarga institut hisobidan bir marta ishlatiladigan idishlarda bepul qahva berish yо‘lga qо‘yilgan edi.

Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar

Yaqinda esa institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan ARM ga 5 ta yangi sport velosipedi sovg‘a qilindi.Endilikda eng kо‘p kitob о‘qigan talabalar belgilangan vaqt ichida ushbu velosipedlarda institut hovlisida sayr qilishlari mumkin.

Yangi о‘quv yilidagi yangi loyihalar

Bu ham yoshlarni kitobxonlikka qiziqishlari, ilm chо‘qqilarini mukammal egallab, yuksak ma’naviyat sohiblari bо‘lib, davlatimiz rahbari e’tirof etganidek, uchinchi renessansning yaratuvchilari bо‘lishlarida institut rahbariyati tomonidan qilinayotgan say’-harakatlarning amaldagi kо‘rinishlaridan biridir.

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print