Yangi imkoniyatlarni izlab — talabalarning tashabbuslari

Kuni kecha O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov 1-talabalar turar joyida istiqomat qiladigan yoshlar bilan muloqot uyushtirdi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan uchrashuvda talabalar tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
Institutning voleybol terma jamoasini shakllantirish;
Kutubxona-axborot faoliyati talabalari uchun Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari ARMlariga sayohatlar tashkil etish;
Institut radiosida talabalarning chiqishlarini ko’paytirish;
“O’zbegim yoshlari”ijodiy guruhini tuzishda amaliy yordam ko’rsatish;
Ijodkor talabalar uchun yangi festivallar tashkil etish;
Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlariga sayohat uyushtirish va boshqa muhim tashabbuslar talabalar tomonidan ilgari surildi.
O’z navbatida institut rektori v.b. Eldor Shermanov ushbu tashabbuslarni qo’llab-quvvatlashini bildirib o’tdi. Shuningdek, muloqot davomida talabalar turar joyida yashaydigan yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar yana bir bor ko’zdan kechirildi.