YANA BIR MUHIM TADBIR

YANA BIR MUHIM TADBIR

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi “Katta Qozirabod” mahallasida “Mahallada duv-duv gap” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Darvoqe, mazkur tadbirni o‘tkazish orqali milliyligimizni, ma’naviyatimizni xalqimiz oldida namoyish etish bilan birga aholining madaniy hordiq chiqarishini ta’minlash maqsad qilingan.
YANA BIR MUHIM TADBIR
O‘zDSMI “Milliy qo‘shiqchilik” kafedrasi qoshidagi “Sayqal” ansamblining go‘zal navolari ostida ko‘tarinki kayfiyatda boshlangan bayram tadbirida mahallada yashovchi fuqarolar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, uyushmagan yoshlar, ehtiyojmand ayollar, keksa va nuroniylar kishilar ishtirok etishdi.
YANA BIR MUHIM TADBIR
Rang-barang janrlardan iborat musiqiy kechada estrada xonandalari, institut professor-о‘qituvchilari, talabalar tomonidan mumtoz taronalar kuylandi. О‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari, О‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artistlar tomonidan odamlar qalbidan o‘rin egallagan sho‘x qо‘shiqlar ijro etildi.
YANA BIR MUHIM TADBIR
Xorazm yo‘nalishida yangragan navolar yig‘ilganlarni raqsga chorlab, mahalla ahli qalbiga cheksiz xursandchilik ulashdi. Institutning iqtidorli talabalari tomonidan taniqli aktyorlar, xonandalar, qiziqchilarining ovozlariga qilgan taqlidlari kishilarga xush kayfiyat ulashdi. Shuningdek, qo‘g‘irchoq o‘yinlari ham namoyish etildi, talabalar tomonidan raqslar ijro qilindi.
YANA BIR MUHIM TADBIR
Ulugʻ sanʼatkorlarning dil izhorlari, kuy-qoʻshiqlari, qalblarga shodlik, xursandchilik jo etib, barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi. Har bir chiqish gulduros qarsaklar bilan qо‘llab-quvvatlab turildi. Bu esa, o‘z navbatida, san’atkorlarnga ham bir olam quvonch baxsh etdi.
YANA BIR MUHIM TADBIR
Mahalla ahli о‘zlarining koʻtarinki kayfiyatdagi soʻzlari hamda sho‘x o‘yinlari bilan institut rahbariyati va ijodiy jamoaga o‘z minnatdorchiligini izhor etishdi. Mahalla aholisi bunday eʼtibordan behad mamnun bo‘lmoqda.
YANA BIR MUHIM TADBIR

image_pdfimage_print