
Joriy yilning 27-aprel kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan “Gender tenglik, ayollarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Mirzo Ulug‘bek tumani IIO FMB profilaktika inspektorlari podpolkovnik Ozoda Matchanova hamda mayor Lolaxon Tursunaliyeva ishtirokida o‘tkazilgan tadbir davomida talabalar bilan olib boriladigan ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish, ular o‘rtasida huquqbuzarlik, jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan profilaktik ishlarni tizimli tashkil etish, turli zararli oqimlar ta’siriga tushib qolishdan asrash, yoshlarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini ta’minlashga qaratilgan muhim vazifalarni o‘z vaqtida bajarish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, mamlakatimizda xotin-qizlarning manfaatlarini himoyasiga qaratilgan muhim ishlar amalga oshirilayotgani aytildi. Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan tan jarohati etkazish, mol-mulkka tajovuz qilish, firibgarlik kabi jinoyatlarni keskin kamaytish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida amalga oshirilayotgan dolzarb vazifalar e’tirof etildi.
Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan og‘irligi turli darajada bo‘lgan tan jarohatlari yetkazish, zo‘ravonlik xususiyatiga ega boshqa huquqbuzarliklar sodir etish, jismoniy taʼsir o‘tkazish yoki bunday taʼsir o‘tkazishning o‘zga choralarini qo‘llash bilan tahdid qilish orqali xotin-qizlarning hayoti, sog‘lig‘i, erkinligi hamda qonun bilan himoya qilinadigan boshqa huquqlari va erkinliklariga tajovuz qilish, xotin-qizlarni haqoratlash, ularga tuhmat qilish, tahdid qilish, ularning shaʼnini, qadr-qimmatini kamsitish, zo‘ravonlik shakllarini amalga oshirish mumkin emasligi, bunday holatlarni sodir etganlar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishi aytildi.
Ushbu tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad, yoshlar o‘rtasida o‘z vaqtida jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar mazmun-mohiyatini tushuntirish va ularning huquqiy, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishdan iboratdir.
E’tirof etish joizki, mazkur ta’lim muassasasida bu kabi tadbirlarni o‘tkazilishi yoshlarning siyosiy va huquqiy bilimlarini oshirish bilan birga, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olishga, yoshlar bilan yaqindan muloqot olib borib, turli axborot xurujlaridan asrashga hamda yurtga muhabbat, uzoq tarixga ega azaliy qadriyatlar, ajdodlar merosiga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Institutning mas’ullari, pedagoglar vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir talabaga о‘z farzandidek munosabatda bо‘lib, yigit-qizlarning o‘quv intizomini mustahkamlash, halollik, to‘g‘ri so‘zlik kabi xislatlarni shakllantirishi kerak.
Muloqot tarzida o‘tgan davra suhbatida mutaxassislar tomonidan yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan barcha savollariga batafsil javob oldilar. Tadbir soʻnggida talabalar oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdilar.