1

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 3-fevral kuni Qirg‘iziston Respublikasining “Bubusara Beyshinaliyeva” nomidagi davlat madaniyat universiteti hamda Turkiya davlatining “Najmiddin Erbokan” universiteti vakillari О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdilar.

Xorijlik mehmonlar ta’lim dargohida yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorli bilan yaqindan tanishdi. Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, prorektorlar ustoz-murabbiylar o‘rtasida o‘tkazilgan o‘zaro muloqot davomida mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar haqida ma’lumot berildi. Tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha mulohazalar bildirildi.

Ta’kidlandiki, mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan. Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Pedagoglar el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etib, odamlarning izzat-ikromiga sazovor bo‘lmoqda. Ta’lim berishda asosiy e’tiborni darsning sifati hamda samaradorligiga qaratilmoqda. Talabada fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirib, rivojlantirishida pedagogning bor mahorati ishga solinmoqda. O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.

Shuningdek, mehmonlar institutning “Ovoz rejissorligi va operatorlik mahorati”, “Folklor va etnografiya” “Cholg‘u ijrochiligi” kafedralari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Samimiy ruhda о‘tgan uchrashuvda madaniyat, san’at sohasining о‘ziga xos jihatlari haqida so‘z yuritildi. “E’zoz” folklor-etnografik va “Sado” cholg’u ansambllarining go‘zal navolari mehmonlarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari ishtirokidagi musiqiy dastur yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.


Chin insoniy fazilatlar, ezgulik, odamiylik, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro qilindi. Asrlar davomida yaratilgan, og‘izdan-og‘izga, avloddan-avlodga, ustozdan-shogirdga yetib kelgan va umumxalq mulkiga aylangan folklor namunalari maromiga yetkazib ijro etildi. Xonandalarimiz tomonidan aytilgan qo‘shiqlarning har bir satrida shukronalik kayfiyati ufurib turdi. Ba’zi qo‘shiqlarda xalqimizga xos olijanoblik, mehmondo‘stlik, beg‘uborlik, samimiylik taʼriflandi.