Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Joriy yilning 24-mart kuni Turkiya davlatining Gaziantep universiteti va hokimligi vakillari Kadri Aggun va Tuba Tambul o’g’li boshchiligidagi delegetsiya О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdilar.

Institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar ishtirokida o‘tkazilgan o‘zaro samimiy muloqot davomida ushbu ta’lim dargohining o‘ziga xos ijodiy muhiti haqidagi muhim ma’lumotlardan bahramand bo‘lishdi. Institutda yaratilgan shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.

Shuningdek, mamlakatimizda pedagog xodimlar va talaba yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar, institut faoliyati, bu maskanda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar xususida fikr yuritildi.

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarilgan mamlakatimizda milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratilmoqda, – dedi О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Pedagoglar el-yurtga ma’rifat ulashib, ma’naviyat chashmasidan bahramand etib, odamlarning izzat-ikromiga sazovor bo‘lmoqda. O‘zbekiston yoshlari erishayotgan muvaffaqiyat va zafarlar zamirida davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan katta g‘amxo‘rlik, yaratilgan keng imkoniyatlar, yuksak eʼtibor mujassamdir.

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Qayd etildiki, xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati va ezgu qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan Navro‘z bayrami mamlakatimizning barcha hududlarida keng nishonlanmoqda.

Qolaversa, ta’kidlandiki, Oʻzbekiston bilan Turkiyani mushtarak til va tarix, oʻxshash madaniyat va anʼanalarga asoslangan yaqin doʻstlik hamda qardoshlik munosabatlari birlashtirib turadi. Mamlakatlarimiz oʻrtasida doʻstlik rishtalarini yanada mustahkamlashda madaniy tadbirlar, turli festivallar muhim oʻrin tutadi. Turkiya madaniyati va sanʼati vakillari, turk amaliy sanʼati hamda folklori namoyandalari yurtimizda tashkil etilayotgan festivallarda muntazam ishtirok etmoqda.

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

O‘zaro muloqot davomida ta’lim sohasida hamkorlik qilish, ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirishga yuborish, axborot hamda ilmiy ma’lumotlar almashish, ilmiy konferensiyalar va boshqa tadbirlarda ishtirok etish masalalari belgilandi.

Tadbir yakunida mehmonlarga tashrif va hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

Xorijlik mehmonlar bilan muloqot o‘tkazildi

image_pdfimage_print