XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK VA ILMIY TADQIQOT

XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK VA ILMIY TADQIQOT
Bugungi kunda xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirish, dunyoda rivojlangan davlatlarning tajribasini o‘rganish va amaliyotga tadbiq etish bo‘yicha salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Xabaringiz bor, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Folklor va etnografiya” kafedrasiga Turkiyaning Egey universiteti, Turk dunyosi tadqiqotlar instituti doktoranti Esra Çam “Xorazm xalfachilik san’ati” bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borish uchun tashrif buyurgan edi.
XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK VA ILMIY TADQIQOT
Kuni kecha “Folklor va etnografiya” kafedrasi katta o‘qituvchisi Umida Kurbanova tomonidan “Xorazm xalfachilik san’ati”ga bag‘ishlangan mahorat darsi tashkil etildi. Mahorat darsida kafedra professor-o‘qituvchilari, talabalar, doktarant Esra Çam ishtirok etdi. Mahorat darsida Xorazm xalfachilik san’ati, ijro uslubi, xalfachilik san’atining yirik namoyondalari haqida ma’lumotlar berildi.
Xalfa qo‘shiqlari xalq ruhini, xalq orzu-armonlarini yorqin aks ettirib, odamlar yuragiga ta’sir etib, xususan ayollar tomonidan ijro etiladigan san’at turi hisoblanadi. Har bir mahalliy uslub o‘z xususiyatlari va an’analariga ega.
XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK VA ILMIY TADQIQOT
Faqat Xorazm mahalliy uslubiga xos bo‘lgan xalfachilik san’at turi, an’analari esa uzoq davrlar mobaynida shakllangan bo‘lib, ular xalqimizning turli sharoitlardagi turmushi, mehnat mashg’ulotlari marosim va urf-odatlar jarayoni bilan uzviy bog‘liq holda yuzaga kelgan. Uzoq davrlardan buyon Xorazmdagi to‘y, sayl, aza marosimlarida xotin-qizlar davrasida “xalfa”lar san’ati ijodi ma’lum bo‘lib kelgan. Xorazmda savodxon, gapga chechan, ayni paytda xonandalik qobiliyatiga ega bo‘lgan zukko ayollarni “xalfa” deb yuritishadi. Ushbu atama arabcha so‘z bo‘lib, uning ma’nosi shariat aqidalarini yaxshi biluvchi, o‘qimishli kishi tarzida shakllangan. Mahorat darsi davomida talabalar tomonidan Ojiza xalfa, Nazira xalfa qo‘shiqlaridan ijro etishdi. Mahorat darsi Turkiyaning Egey universiteti, Turk dunyosi tadqiqotlar instituti doktaranti Esra Çamda katta qiziqish uyg‘otdi va o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
XORIJIY OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK VA ILMIY TADQIQOT
Mahorat darsi so‘nggida Esra Çamga “Ojiza” deb nomlangan o‘quv kitobini estalik uchun sovg‘a qildi. Mahorat darsi davomida talabalarni qiziqtirgan savollariga javoblar berib o‘tildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print