Xayrli an’ana

Xayrli an'ana

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ushbu maqsadda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar tomonidan talabalar turar joyi hamda ijarada turadigan о‘g‘il-qizlarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan kartoshka, piyoz, о‘simlik yog‘i, non singari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish an’ana tusini olgan.
Xayrli an'ana
2018-yilning yanvar oyidan boshlab О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan talabalar turar joylarida yashaydigan о‘g‘il-qizlarga institut rahbariyati hamda professor-о‘qituvchilar tomonidan har oyda bir marta homiylik asosida doshqozonlarda osh damlanib, tarqatilishi yо‘lga qо‘yilgan edi. О‘tgan yillar davomida ushbu xayrli ish an’ana tusini olib, davom ettirib kelinyapti. Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan bо‘lgan ushbu saxovat tadbirlaridan talabalar mamnun boʻlishi tabiiy hol.
Xayrli an'ana
Bugun ham an’anaga sodiq qolingani holda institutning 1- va 2-talabalar turar joyida istiqomat qiladigan о‘g‘il-qizlar uchun yana bir xayrli ish amalga oshirildi. Ikki doshqozonda 70 kilogramm lazer guruchidan osh damlanib, talabalarga bepul tarqatildi. Shuningdek, yotoqxona yetishmovchiligi tufayli O’zDSMIda istiqomat qilayotgan Yunus Rajabiy nomidagi O’zbek milliy musiqa san’ati instituti talabalari ham ishtirok etib, institut rektoriga yaratib berilgan sharoitlar uchun tashakkur izhor etishdi. Kо‘rsatilgan bu kabi muruvvat ushbu oliy о‘quv yurtida tahsil olayotgan yoshlarning kechki dasturxoniga о‘ziga xos tuhfa bо‘ldi.

image_pdfimage_print