Xavfsiz internet — tinchligimiz garovi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Xavfsiz internet orqali yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Gulshana Xudoyarova, Liberal-demokratik partiyasi siyosiy Kengashi, Siyosiy ta’lim markazi rahbari Nasimjon Hoshimov, institut rahbariyati hamda Xalq ijodiyoti fakulteti talabalari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida “Xavfsiz internet” partiya loyihasining ijrosini ta’minlash, yoshlarning internetdan to‘g‘ri foydalanishi, taqiqlangan saytlarga kirish hamda taqiqlangan manbalarni tarqatishning oldini olish borasida tushunchalar berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi hamda Yoshlar parlamentlarining faoliyatiga oid ma’lumotlar aytib o‘tildi.
Davra suhbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan javoblar olishdi.