1

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash munosabati bilan tadbir tashkil etildi

Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamenti Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi boshlig‘i Bahrom Xursanov O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida davlat organlarining korrupsiyaga qarshi kurashi, Jinoyat kodeksida qayd etilgan pora berish va pora olishga oid moddalar haqida tushuncha berib o‘tildi.

Tadbir so‘ngida Teatr san’ati fakulteti talabalari tomonidan O‘tkir Hoshimov asari asosida tayyorlangan hamda korrupsion holatlar aks ettirilgan sahna ko‘rinishi namoyish etildi hamda spektakl rejissoriga institut rahbariyati tomonidan minnatdorchilik bildirildi.