Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov Xalq ijodiyoti fakulteti jamoasi bilan bir qator masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.
Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati bo‘yicha mulohaza bildirildi. Shu bilan birga, kelgusi yilda soha bo‘yicha kutilayotgan yangiliklar aytib o‘tildi.
Qolaversa, institutning oliy ta’lim muassasalari reytingidagi o‘rni muhokama qilindi. Shu bilan birga, yosh ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, fakultet professor-о‘qituvchilari va talabalarini xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida boshqa mamlakatlarga malaka oshirish uchun jo‘natilishi ta’kidlandi.
Professor-о‘qituvchilar tomonidan o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar bildirib o‘tildi. Institut rektori v.b Eldor Shermanov tomonidan ushbu masalalarni birgalikda hal etilishini ta’kidlandi.