“Vokal” kafedrasi dotsenti Dilbar Malikovaning yubiley kechasi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti o‘quv teatrida Teatr san’ati fakulteti, “Vokal” kafedrasi dotsenti Dilbar Malikova ijodiga bag‘ishlangan “Ustozlar izidan” nomli konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, taniqli san’atkorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tabdir avvalida institut rahbariyati, taniqli san’atkorlar tomonidan Dilbar Malikovaning amalga oshirgan ishlari, zahmatkash faoliyati e’tirof etildi hamda Dilbar Malikovaga esdalik sovg‘alari hamda guldastalar taqdim etildi. Qolaversa, dotsent hayoti va ijodi aks etgan videorolik namoyish etildi.
Konsertning badiiy qismi ham qiziqarli ruhda tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalq artistlari, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar, dotsent-o‘qituvchilar, O‘zbekiston davlat filarmoniyasi xor jamoasi, iqtidorli talabalar, Bolalar musiqa va san’at maktabi raqs guruhi a’zolari va boshqalar o‘z chiqishlari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.
Quyida ushbu yubiley kechasiga oid sara suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.