Velosport bo’yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

Velosport bo'yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 3-bosqich talabasi, Paralimpiya o‘yinlarining velosport yo‘nalishi bo‘yicha 2 karra O‘zbekiston hamda bir marotaba Osiyo chempioni Avaz Polvonov ishtirokida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Yusuf Mannonov, Kutubxona-axborot faoliyati va Xalq ijodiyoti fakultetlarining professor-о‘qituvchilari, ustoz-murabbiylari, tajribali olimlari, amaliyotchilari, tadqiqotchilari, talabalari ishtirok etgan tadbir davomida mamlakatimizda jismoniy tarbiya hamda sportni ommalashtirishga, shu jumladan, para velosportning rivojlanishiga qaratilayotgan e’tibor xususida muhim fikrlar aytildi.

Velosport bo'yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

Velosport bo'yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

Ta’kidlanganidek, sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratilayotgani tufayli mamlakatimiz sportchilari jahonning nufuzli musobaqalarida yuksak g‘alabalarni qo‘lga kiritmoqda.

Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Velosport bo'yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

Velosport bo'yicha Paraosiyo chempioni Avaz Polvonov bilan uchrashuv tashkil qilindi

image_pdfimage_print