Vazirlikda “Nazm va navo” musiqiy-badiiy kechasi o‘tkazildi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi binosida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti jamoasi tomonidan so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda ulug‘ sarkarda, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag‘ishlangan “Nazm va navo” musiqiy-badiiy kechasi o‘tkazildi.
Unda xalq hofizlari, xizmat ko‘rsatgan artistlar, taniqli san’atkorlar, mohir jo‘rnavozlar hamda iqtidorli talabalar o‘z chiqishlari bilan tomoshabinlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Ushbu havola orqali tadbirga oid videorolikni tomosha qilishingiz mumkin.