
Xabaringiz bor, shu kunlarda Toshkent shahrida xalq cholg‘ulari, damli va zarbli cholg‘ular, fortepiano, akademik xonandalik, torli cholg‘ular, teatr san’ati, folklor ijrochiligi, estrada ijrochiligi, an’anaviy ijrochilik, xoreografiya san’ati bo‘yicha “Yosh ijrochilar” Respublika tanlovi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi.
Unda Respublikamizdan tashrif buyurgan yosh iste’dod egalari o‘z mahoratini namoyish etishmoqda. Ishtirokchilar 67 nominatsiya bo‘yicha bellashmoqda. Sohaning yetuk mutaxassislari ularni baholab borishmoqda.
Bugun Madaniyat va turizm vazirligi mutasaddilari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, mazkur tanlov jarayoni, jumladan, ishtirokchilarning salohiyati hamda hay’at a’zolarining baholab borish holati bilan tanishdi.