Vazirlik mutasaddilari talabalar turar joyi faoliyatini o‘rgandi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mutasaddilari O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalar turar joyi faoliyatini o‘rgandi.
Mutasaddilar yotoqxonada talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, sport majmuasi, oshxona va boshqa xonalarni ko‘zdan kechirdi.
Shuningdek, anomal sovuq kunlarida xonalardagi harorat holati baholandi.
Qayd etish joiz, qishki ta’til davridan so‘ng institut talabalar turar-joyi yigit-qizlarni qabul qilishga shay holatga keltirilgan. Shu bilan birga, talabalar institutda tashkil etilgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlarida ishtirok etishi va kutubxonadan foydalanishlari mumkin.