Vatan yagonadir

Vatan yagonadir

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14-yanvar – “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan yagonadir” nomli masofaviy konsert dasturi tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar ishtirok etdi.
Vatan yagonadir
Tadbir avvalida davlatimiz madhiyasi yangradi. Xalqimizning ulug‘vor taronasi yig‘ilganlar jo‘rovozligida kuylandi.
Konsert dasturi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Komiljon Shermatov badiiy rahbarligidagi “Sado” ansambllari vakillarining bir-biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.
Vatan yagonadir
Konsert dasturi O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining milliy qo‘shiqchilik kafedrasi dotsenti, professor Аhmadjon Dadayev badiiy rahbarligi ostida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sayqal” hamda О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “Cholg‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti, О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Komiljon Shermatov badiiy rahbarligidagi “Sado” ansambllari vakillarining bir-biridan ajoyib musiqalari bilan boshlandi.
Jannatmakon mamlakatimizda yashayotgan har bir yigit, o‘zbek o‘g‘loni o‘z oilasiga, o‘z vataniga qalqon va himoyachidir, – dedi bayram tadbirida so‘z olgan O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yo‘ldoshev. – Lekin bukilmas iroda va jasorat namunasini amalda namoyon etib, yurtimiz tinchligi yo‘lida xizmat qilayotgan, saflarda qad kerib turgan, yuragida Vatan ishqi jo‘sh urgan harbiy xizmatchilarimizning mashaqqatli mehnati juda yuksak e’tibor hamda e’tirofga loyiq ekanligi barchamizga ayon haqiqatdir. Prezidentimiz tomonidan aytilganidek, “Keyingi yillarda “Xalq va armiya – bir tanu bir jondir” degan ezgu tamoyil asosida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolarimiz armiyaning har tomonlama yordami va ko‘magini hayotning barcha sohalarida amalda his qilmoqdalar”. “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan o‘tkazilayotgan mana shunday tadbirlar yoshlarda Vatanga muhabbat, boy tariximizga, milliy o‘zligimizga chuqur hurmatni shakllantirishda, farzandlarimizning har tomonlama barkamol va yetuk insonlar bo‘lib voyaga yetishida muhim tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Vatan yagonadir
Mazkur tadbir davomida yurtimizda bo‘layotgan o‘zgarishlar, aholi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, olis moziyda yashab o‘tgan ota-bobolarimizning jahon fani va madaniyatiga qo‘shgan hissalari, buyuk ajdodlarimizga munosib avlodni tarbiyalash, voyaga yetkazish, halol mehnat qilish, bilim olish borasida muhim fikrlar aytildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-60-sonli hamda “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-61-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Vatan yagonadir
Madaniy-ma’rifiy kechada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professor-о‘qituvchilari, ushbu dargohda faoliyat olib borayotgan “О‘zbekiston xalq artisti”, “О‘zbekiston xalq hofizi”, “О‘zbekistonda xizmat kо‘rsatgan artist” faxriy unvonlari sohiblari tomonidan tayyorlangan Vatanga muhabbatni, chin insoniy fazilatlarni, ezgulikni, odamiylikni, mehr va sadoqatni tarannum etuvchi qo‘shiqlar ijro qilindi.

image_pdfimage_print