1

Vatan posbonlari bo‘lsin sog‘-omon

Vatan posbonlari bo‘lsin sog‘-omon

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Dastlab oliygoh rektori v.b. Eldor Shermanov vatan himoyasi, osoyishtaligi uchun xizmatda bo‘lgan barcha xodimlarni bayram bilan qutladi.

So‘ngra tadbir jozibali va vatan shukuhini o‘zida aks ettirgan kuy-qo‘shiqlarga ulandi. Shu bilan birga, harbiy xizmatni o‘tagan ustozlar o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti tomonidan Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlab videolavha namoyish etildi.