Ustozlarga ehtirom

Bugun erta tongdan O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Kutubxona-axborot faoliyati fakulteti talabalari hamda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi xodimlari tomonidan “1-oktyabr — Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan institutdagi barcha professor-о‘qituvchilar o’zgacha ruhda kutib olindi. Ezgu tilaklar bilan birgalikda nafis gullar, totli shirinliklar erta tongdan ishga oshiqayotgan ustozlarga ko’tarinki kayfiyat baxsh etdi. Bayram munosabati bilan tashkillashtirilgan tadbirlar davom etmoqda.