1

Ustoz — kelajak sari yo‘l boshlovchi inson

Ustoz — kelajak sari yo‘l boshlovchi inson

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti talabalari tomonidan ustoz va murabbiylar bayramona kayfiyatda kutib olindi. Oliygohning kirish darvozasi yonida yosh yigit-qizlar tomonidan yo‘lakcha tashkil qilinib, ustoz va murabbiylar gullar bilan kutib olindi.

Institut xodimlari bunday e’tibordan mamnun ekanligi hamda yangi kuni fayzli ruhda boshlanayotganligini ta’kidladi. Bayram tadbirlari davom etmoqda.