Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi

Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Teatr san’ati fakultetining “Estrada va ommaviy tomoshalar sanʼati” kafedrasi, “Estrada aktyorligi sanʼati” taʼlim yoʼnalishi 301 – 302-guruh talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi.
Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi
Unda Chingiz Аytmatovning “Oq kema” asari asosida, “Opa-uka” – Salomat Vafoning “Ozod yo‘ling oq bo‘lsin” hikoyasi asosida, “Uchrashuv” – Said Аhmadning “Ufq” romani asosida, Аbdulhamid Sulaymon oʼgʼli Cho‘lponning “Nonvoy qiz” hikoyasi asosida, Leonid Аndreevning “Osilgan yetti kishining hikoyasi” asosida, Sharof Boshbekovning “Taqdir eshigi” pyesasi asosida, Vilyam Shekspirning “Richard III” pyesasi asosida, Chingiz Аytmatovning “Yuzma-yuz” asari asosida, G‘ofur G‘ulomning “Shum bola” asari asosida sahnalashtirilgan ijodiy ishlar namoyish etildi.
Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi
Talabalarimiz o‘zlarining rollarini mohirlik bilan ijro qilib, zimmasidagi vazifani uddalashga jiddiy intilmoqda, – dedi institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldashev. – Bu juda katta mahoratni, tinimsiz mehnatni, astoydil sa’y-harakatni talab qiladi. Mazkur ijodiy imtihon davomida talabalarning aktyorlik qobiliyatlari, iste’dodi, ijodkorliklari, tashkilotchilik qobiliyatlari yaqqol namoyon bo‘ldi. Shu o‘rinda aytish lozimki, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi pedagoglardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi.
Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi
Keng va yorug‘, multimediya tizimi bilan jihozlangan auditoriyalardagi sifatli darslar, kompyuter xonalari, kutubxona hamda unda saqlanayotgan o‘quv va badiiy adabiyotlar, talabalarga dars berayotgan professor-o‘qituvchilarning salohiyati hamda amaliyot davomida olingan nazariy va amaliy bilimlarning madaniyat sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlashdagi roli beqiyosdir. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ta’lim sohasidagi islohotlarning samarali bo‘lishi ham ta’lim tizimida faoliyat ko‘rsatayotgan mutaxassislarning salohiyatiga bog‘liq. Har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi masalasida juda jiddiy ahamiyat qaratishi shart.
Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi
Ijodiy imtihonda sahnalashtirilgan ijodiy ishlar institut rahbariyati, dekan va dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlarining e’tirofiga loyiq bo‘ldi.
Uchinchi bosqich talabalarining aktyorlik mahorati fanidan ijodiy imtihoni bo‘lib o‘tdi

image_pdfimage_print