
Bugun Turkiy davlatlar madaniyat tashkiloti rahbari Sultan Rayev Oʻzbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurib, oliygoh rahbariyati bilan joriy yilning may oyida institutda oʻtkazilishi kutilayotgan “Talabalar teatr festivali”ning tashkiliy masalalarini atroflicha muhokama qildi.
Muhokamalar davomida institut rektori v.b Eldor Shermanov tomonidan institut va Turksoy aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Turksoy stipendiyasini tashkil etish, professor-о‘qituvchilar uchun Turksoy mukofotini joriy qilish, talabar oʻrtasida yozgi mahorat maktablarini amalga oshirish kabi bir qator takliflarni ilgari surdi.
Shuningdek, tashkilot rahbari S.Rayev ham ushbu takliflarni qoʻllab-quvvatlashini, bundan tashqari talabalar uchun Turksoy tashkilotining maxsus grantini ajratilishini ham ta’kidlab oʻtdi. İkki tomonlama muhokamalardan soʻng delegatsiya a’zolari folklor chiqishlari, institut televideniyesi va oʻquv teatri faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.