
Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Teatr san’ati ta’limida aktyorlik va rejissura muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
Unda Turkiyaning Kochayli Gebze teknik universiteti doktoranti Aziza Rajabova ham ishtirok etib, konferensiya qatnashchilariga tabrik yo’lladi hamda Teatr san’ati bilan bog‘liq o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
Bundan tashqari, Aziza Rajabova institut rektori v.b Eldor Shermanov bilan uchrashib, ilmiy-ijodiy yo‘nalishda hamkorlik qilishga kelishib oldi.