
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Turkiyaning Ardaxan universiteti vakillari bilan uchrashdi.
Institutimizning O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Abdulaziz Nurullayev qardosh oliy ta’lim muassasasi rektori, professor Doktor Mexmed Biber, shuningdek, prorektor Mustafa Yildiz, dekan Byulent Kurtiso‘g‘lular bilan muzokara o‘tkazdi.
Uchrashuv so‘ngida ikki oliygoh o‘rtasida memarandum imzolandi. Bundan tashqari, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Mavlono dasturiga qo‘shildi. Ushbu dastur orqali talabalarni Turkiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalariga yuborish rejalashtirilmoqda.