TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlandi

TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlandi
Inson rizqi qachon, qayerda ekanligini har doim ham aniq bilavermaydi. О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining har ikkala Talabalar turar joyida istiqomat qiladigan yigit-qizlar ham bundan mustasno emas.
TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlandi
Ular uchun ana shunday kutilmagan sovg‘a taqdim qilindi. Kechki nonushtada ularning rizqi yaxshiliklarga, yaxshi insonlar davrasiga, yaxshi niyatlar bilan yozilgan dasturxonlarga qо‘shildi.
TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlandi
Institutning saxovatpesha homiylari tomonidan TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlanib, ularning kechki dasturxoniga tortiq qilindi. Shu kabi xayrli ishlar institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan tashkil etilib, har oyda talabalar uchun osh damlanib, ularga tarqatilishi qator yillardan beri an’anaga aylangan.
TTJda turadigan talabalar uchun 70 kilogramm guruchdan osh damlandi
Bundan tashqari institutda tahsil olayotgan о‘g‘il-qizlar uchun turli oziq-ovqat, kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan mahsulotlar ham ushbu oliy о‘quv yurtining saxovatpesha rahbariyati, professor-о‘qituvchilari tomonidan berilib boriladi. Bu kabi xayrli ishlar yoshlarni mehr-oqibatli bо‘lish, ularda insoniy fazilatlarni yanada takomillashtirish, saxovatli kishilar bо‘lib voyaga yetishlariga xizmat qiladi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print