Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi

Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi
О‘zbekiston davlat san’at va madadniyat instituti “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi katta о‘qituvchisi Zokirova Saida tomonidan Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida rejadagi 5 ta muhim tashabbus doirasida bajarilishi lozim bо‘lgan vazifalar ijrosi yuzasidan mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi
Bundan tashqari, 2-chi tashabbus bо‘yicha mahalla yoshlari va turli yoshdagi sportga qiziquvchi aholi о‘rtasida sport tadbirlarini uyushtirish rejaga kiritilgan. Shu maqsadda joriy yilning 10-iyun kuni kafedra dotsenti Mamirova Dilaram, mahalla raisi Yusupov Ravon boshchiligida sportning shaxmat-shashka turi bо‘yicha musobaqa о‘tkazdilar. Unda mahalla ahlining 25 ga yaqin aholisi ushbu sport turlari bо‘yicha bellashdi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi
Shuningdek, “Sahna harakati va jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri, dotsent Nasiba Abraykulova, katta о‘qituvchi Olga Ostanina va о‘qituvchi Raximjon Dо‘sanovlar tomonidan “Munavvarqori” mahallasi hududida joylashgan Toshkent imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashgan 1-sonli Respublika kasb-hunar maktabi rahbariyati, о‘qituvchilari hamda tarbiyalanuvchi о‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Bu yerda ta’lim va tarbiya oluvchi bolalar bilan ularning kelajakdagi orzulari, qiziqishlari haqida suhbatlar olib borildi hamda ularga 20 dan ortiq turli badiiy adabiyotlar va shirinliklar sovg‘a qilindi. Ushbu kafedraga tegishli M.Turg‘unboyeva nomidagi (B 1-5) ijodiy ustahonasida bepul raqs tо‘garagi tashkil etilganligi haqida e’lon qilindi, mashg‘ulot jadvali haqida ma’lumot berildi.
Mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar ishlari bо‘yicha rais muovini Malika Mahkamova bilan 1-tashabbus doirasida ijodiy tо‘garaklar tashkil etish, bolalar va yoshlarni unga jalb etish masalasida kelishib olindi.
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Mullaqori” nomli mahalla fuqorolar yig‘inida mahalla faollari bilan uchrashuv о‘tkazildi
Tadbir davomida Nasiba Abraykulova institutning fakultetlari, ularning о‘ziga xos jihatlari, bu yerda faoliyat olib borayotgan ustoz san’atkorlar hamda ilmiy-ijodiy ishlar haqida ma’lumot berdi. O.Ostanina davlatimiz tomonidan inklyuziv ta’limga berilayotgan e’tibor, Respublika “Lik” inklyuziv teatri ijodiy faoliyati haqida gapirib berdi. R.Dо‘sanov о‘z sо‘zida mazkur maktabda ta’lim-tarbiya olayotgan yoshlarning orasida san’at va madaniyat sohasiga ishtiyoqi bо‘lgan, qobiliyatli, shu institutda о‘qish istagini bildirgan yoshlarga institut tomonidan ochilgan kurslar va yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtirdi. Ularni qiziqtirgan savollariga hayotiy misollar bilan javoblar qaytarildi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print