1

Topshiriqlar ijrosini ta’minlash dolzarb vazifa sanaladi

Topshiriqlar ijrosini ta’minlash dolzarb vazifa sanaladi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida ijro intizomi, ta’lim sifatini yanada rivojlantirishga doir yig‘ilish o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo‘lim boshliqlari va boshqa xodimlar ishtirok etdi.

Yig‘ilish avvalida institut rektori v.b. Eldor Shermanov tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar hamda berilgan topshiriqlarni bajarish holati to‘g‘risida mulohaza bildirildi.

“Mamlakatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan islohotlar hamda belgilangan strategiyalar asosida berilgan topshiriqlar shunchaki qog‘ozda qolish ketmasligi darkor. Buni barchamiz yurakdan his qilishimiz hamda soha rivojida yo‘lida birdamlikda harakat qilishimiz lozim”, – dedi Eldor Shermanov.

Shuningdek, har bir fakultetning o‘z libosini yaratish borasida namuna suratlari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar borasidagi ko‘rgazma namoyish etilib, kelgusida har bir kafedra tomonidan shu kabi strategik rejalar taqdim etilishi lozimligi aytib o‘tildi.