1

Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari O‘zDSMIga tashrif buyurdi

Bugun Tojikiston Respublikasi Madaniyat vaziri o‘rinbosari M.Sharifzoda boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida qo‘shni mamlakat delegatsiyasi oliygohning o‘quv teatri, ijodiy dars xonalari, suzish hafzasi, sport majmuasi faoliyati bilan tanishdi.

Qolaversa, xalq suygan ustoz san’atkorlar hamda iqtidorli talabalar o‘z ijodiy chiqishlari bilan mehmonlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.

Bundan tashqari, mehmonlar institut hududida o‘tkazilayotgan sumalak sayliga tashrif buyurdi hamda ezgu tilaklar bilan milliy taomimizning tayyorlanishida o‘z hissasini qo‘shdi.

Shuningdek, O‘zDSMI rektori v.b. Eldor Shermanov tomonidan Alisher Navoiy asarlari mehmonlarga sovg‘a qilindi. O‘z navbatida, delegatsiya tomonidan ham maxsus kitob tuhfa qilindi.

Uchrashuv davomida ikki mamlakat o‘rtasida madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish, shu bilan birga, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish borasida kelishuvga erishildi.