Til bayrami

Til bayrami

21-oktabr-О‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
Shu munosabat bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida “Sо‘z va soz sehri” mavzuida tadbir tashkil etildi.
Til bayrami
Unda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev sо‘zga chiqib, 1989-yil 21- oktabrda
О‘zbekiston Respublikasining”Davlat tili haqida”gi qonunining qabul qilinishi xalqimizning milliy mustaqillik yо‘lida qо‘yilgan ilk qadamlardan biri bо‘lganligi, mazkur hujjat ona tilimizning bor gо‘zalligi va jozibasini tо‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratganligini e’tirof etdi.
Til bayrami
Ushbu qonun davlat tilining boyitilishi va takomillashtirilishida dasturilamal bо‘lib xizmat qilmoqda.
Til bayramiTil bayrami
Tadbir kengaytirilgan konsert dasturi bilan davom etdi. Unda “Chog‘u ijrochiligi” kafedrasi dotsenti, orkestr rahbari va dirijyor Hikmat Rajabov tomonidan tayyorlangan kuy-qо‘shiqlar institut о‘qituvchilari hamda talabalari ijrosida taqdim etildi.
Til bayramiTil bayrami
Yuksak mahorat bilan aytilgan Navoiyning “Kо‘rmadim”,”Oh kim ishq”, “Ey sabo”, Furqatning “Qadimiy ushshoq”, singari g‘azallari, о‘zbek milliy musiqasining nodir asarlari, “Mahallada duv-duv gap”, “Maftun bо‘ldim” kabi kinofilmlardan namunalar hech bir ishtirokchini befarq qoldirmadi.
Til bayramiTil bayrami
Bularni orkestr bilan ijro etish uchun katta mahorat talab etiladi.
Til bayramiTil bayrami
Milliy cholg‘ularimizning orkestri bilan kо‘p yillar davomida xalqimizning qalbidan joy olgan о‘zbek mumtoz asarlarining har birini ijrosi qatnashchilarning gulduros qarsaklari ostida qо‘llab turildi va bu san’atkorlarni yanada ilhomlantirdi.
Til bayramiTil bayrami
Til bayramiga bag‘ishlangan shu kabi tadbirlar davom etmoqda.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print