1

Teatr san’ati fakulteti jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Teatr san’ati fakulteti jamoasi bilan yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rahbariyati Teatr san’ati fakulteti jamoasi bilan bir qator masalalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

Dastlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati bo‘yicha mulohaza bildirildi. Shu bilan birga, kelgusi yilda soha bo‘yicha kutilayotgan yangiliklar aytib o‘tildi.

Qolaversa, institutning oliy ta’lim muassasalari reytingidagi o‘rni muhokama qilindi. Shu bilan birga, yosh ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy faoliyatini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasi ko‘zdan kechirildi. Shu bilan birga, fakultet professor-о‘qituvchilari va talabalarini xorijiy tajribalarni o‘rganish maqsadida boshqa mamlakatlarga malaka oshirish uchun jo‘natilishi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, 2023-yilda sahnalashtirilishi rejalashtirilgan spektakllar uchun kerakli jihozlarni o‘z vaqtida xarid qilish masalasi bo‘yicha fikr almashildi.

Professor-о‘qituvchilar tomonidan o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflar bildirib o‘tildi. Institut rektori v.b Eldor Shermanov tomonidan ushbu masalalarni hal etish uchun mas’ul xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.