Teatr san’ati fakulteti dekani talabalar bilan uchrashdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Teatr san’ati fakulteti dekanati xodimlari fakultet talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Suhbat davomida O‘zDSMI delegatsiyasining Rossiya davlat teatr san’ati instituti — GITISga tashrifi va ushbu oliygoh to‘g‘risida ma’lumot berildi.
Shuningdek, ustozlarga munosabat, kiyinish va muomala madaniyati bo‘yicha ushbu oliygoh talabalari barchaga o‘rnak bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi.
Qolaversa, talabalarning yakka va umumiy darslarda ishtirok etish holati, HEMIS tizimidan foydalanish yo‘riqnomasi to‘g‘risida ham ma’lumotlar berildi.
Shu bilan birga, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni kitobxonlikka qiziqtirish hamda mobil qurilmalardan to‘g‘ri foydalanish borasida fikr almashildi.
Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.