Teatr festivali uchun volontyorlar guruhi shakllantiriladi

Teatr festivali uchun volontyorlar guruhi shakllantiriladi

O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b. Eldor Shermanov Xalq ijodiyoti fakulteti “Madaniyat va san’at muassasalarini tashkil etish va boshqarish” yo‘nalishi sirtqi ta’lim shakli 3-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda mamlakatimiz madaniyati va san’atining rivojlanish holati, kino sohasida seriallarning saviyasi hamda boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Bundan tashqari, talabalar tomonidan xorijda magistratura mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olish, sirtqi ta’lim yo‘nalishida ilmiy uchrashuvlar sonini oshirish va boshqa muhim tashabbuslar bildirildi.

“Prezidentimiz tashabbusi bilan sakkiz yil deganda talaba bo‘lishga muyassar bo‘ldim. Qolaversa, “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandim. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olayotganimdan va bu yerda yangi do‘stlar orttirib, yangi ilmlarni o‘rganayotganimdan xursandman”, dedi institut talabasi Shahnoza Abdatova.

Shu bilan birga, joriy yilda o‘tkaziladigan talabalar o‘rtasidagi teatr festivalida volontyorlar guruhi shakllantirilishi belgilab olindi.

Institut rektori tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, uni amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya berildi.

image_pdfimage_print