Tayanch doktoranturaga qabul imtihonlari bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tayanch doktoranturaga hujjat topshirgan nomzodlar uchun ixtisoslik fanlaridan imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihonni maxsus komissiya a’zolari nazorat qilib borishdi. Sinovlar avvalida institut rektori v.b Eldor Shermanov barcha imtihon topshiruvchilarga omad tiladi.
Ushbu jarayon shaffof o‘tishi maqsadida onlayn tarzda olib borildi hamda maxsus komissiya tomonidan baholandi.