Tayanch doktorantlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tayanch doktorantlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Dastlab institut rektori v.v.b Eldor Shermanov tayanch doktorantlarning bugungi kundagi faoliyati haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, tayanch doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilarda uchrayotgan muammo va kamchiliklar muhokama qilinib, professor-o‘qituvchilar hamda Ilmiy Kengash a’zolari tomonidan takliflar bildirildi. Shu bilan birga, ustoz-shogird an’analarini yo‘lga qo‘yish hamda institut ilmiy salohiyatini va ilmiy darajaga ega malakali xodimlar sonini yanada oshirish lozimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, tayanch doktorantlar tomonidan ilmiy ishlar ko‘rgazmasi namoyish etildi hamda ularga professor-o‘qituvchilar tomonidan fikr-mulohazalar bildirildi.