Taqlid san’atining yosh ustasi Bahodir Fozilovning ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi

Taqlid san’atida yosh ijodkor, Teatr san’ati fakulteti talabasi Bahodir Fozilovning “Ustozlar izidan” deb nomlangan ijodiy kechasi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kechaga O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining professor-o‘qituvchilari, Teatr san’ati fakulteti dekani va uning o‘rinboslari, ishtiyoqmand talabalar hamda boshqa mehmonlar tashrif buyurdi.
Ijodiy kecha davomida Bahodir Fozilov tomonidan qiziqarli hangomalar, masallar, ustoz san’atkorlar ovoziga taqlidlar ijro etildi hamda tomoshabinlar olqishiga sazovor bo‘ldi.