
Joriy yilning 11-may kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida kengaytirilgan yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, tajribali olimlar, amaliyotchilar, tadqiqotchilar, tyutorlar ishtirok etdi.
Dastavval, institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev oliy ta’lim tizimida olib borilayotgan ijobiy hamda samarali o‘zgarishlar, bu borada О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti faoliyati oldida turgan muhim ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Ta’kidlandiki, keyingi yillarda yurtimizda uztoz-murabbiylarning mehnatini qadrlash, ta’limning sifatini, samaradorligini oshirish borasida barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. O‘qituvchi o‘z faoliyatida ilmiy salohiyatini, bilim darajasini tinimsiz oshirib borishi, sidqidildan mehnat qilishi, pedagogik mahoratini yuksaltirishi, jamoa o‘rtasida katta hurmatga loyiq bo‘lishi lozim. Bu oliy ta’lim dargohida san’at, madaniyat sohalarining ilm yo‘lidagi mashaqqatli mehnat sirlaridan bahramand bo‘lgan, ko‘plab ustoz-murabbiylar faoliyat yuritishadi. Ularning asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va talabalarning iste’dodlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi darkor. Milliy ma’naviyatimizni yuksaltirish, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas merosini o‘rganish hamda targ‘ib etish, uning mazmun-mohiyatini yoshlarimiz ongu shuuriga singdirishga alohida e’tibor qaratish kerak.
Shuningdek, institut talabalarini ish bilan ta’minlash ustuvor vazifa ekanligi aytildi. Ta’lim dargohida tahsil olayotgan yoshlarni ishga joylashtirish uchun barcha choralarni ko‘rish, talabalarning qiziqishi, istaklari va qobiliyatini o‘rganish asosida ularni tashkilot va idoralarga yo‘naltirish lozimligi ta’kidlandi.
Institutning rahbar kadrlari, mas’ullari vatan oldidagi burchini dildan his qilib, kasbiga fidoyilik kо‘rsatgan holda har bir magistrga, talabaga xuddi о‘z farzandidek munosabatda bо‘lishi, ularga mehr kо‘rsatishi, har tomonlama qо‘llab-quvvatlashi kerak, ekanligi yana bir karra e’tirof etildi. Bu oliy ta’lim dargohining asosiy maqsadi o‘z sohasining malakali kadrlarini tayyorlash, yoshlarga keng imkoniyatlar yaratib berish va ularning iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlashdan iborat bo‘lishi lozim.
Ushbu anjuman davomida institutdagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, fan, taʼlim sifatini yaxshilash, zamonaviy oʻquv adabiyotlarini yaratish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy salohiyatni oshirish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish asosida dunyoda tan olingan reytinglarga kirish boʻyicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan eng muhim vazifalar muhokama qilindi.
Qolaversa, e’tirof etildiki, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil fikrlovchi, keng dunyoqarash, chuqur bilimga ega bo‘lgan tashabbuskor, shijoatli yoshlarning faolligini yanada oshirish hamda ular safini kengaytirish masalasi ustoz-murabbiylardan yuksak kasbiy mahoratni talab etadi. Madaniyat sohasida bo‘lajak kadrlarni tayyorlash jarayonida institut auditoriyalaridagi sifatli darslar va amaliyot davomida olingan nazariy hamda amaliy bilimlarning roli beqiyosdir.
Tyutorlarning asosiy faoliyati haqida fikr yuritildi. Etirof etilganidek, tyutorlarning asosiy maqsadi institut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishdir. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib borishi kerak. Ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi. Har bir tyutor talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi. Yigit-qizlarning o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda ijodiy fikrlash, halollik, to‘g‘ri so‘zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yadi.
Qayd etildiki, dekan, dekan o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari, professor-о‘qituvchilar, tyutorlar Talabalar turar joylaridagi sanitariya gigiyena holatlarini yanada yaxhilash, yangi jihozlar bilan ta’minlash borasida qilinayotgan o‘zgarishlar, Talabalar turar joyida yoshlarga berilayotgan eʼtibor, ularga yaratilayotgan sharoitlar, yoshlar о‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini tadbiq etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni ko‘rib, talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishishi, ular bilan suhbatlashib, qiziqtirayotgan savollariga javob berishlari lozim.
Ushbu yig‘ilishda barcha ishtirokchilar o‘zlari uchun muhim bo‘lgan ma’lumotlarga ega bo‘ldi va kerakli xulosalar chiqarib, kelgusidagi istiqbolli rejalarini belgilab oldi.