
Bugun O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori v.b Eldor Shermanov va institut rahbariyati institutning 1-va 2-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar holidan xabar oldi.
Talabalar bilan dildan suhbatlashilib ularning ta’lim jarayoni va yotoqxonadagi shart-sharoitlarga oid takliflari va istaklari o’rganildi. Shuningdek, ularga turli yot g’oayalarga aldanmaslik, institut ichki-tartib qoidalariga to’g’ri amal qilish bo’yicha ham profilaktik tushunchalar berib o’tildi.
Uchrashuv davomida talablarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlarning mazmun-mohiyati haqida ham tushuntirishlar berib o’tildi. Eslatib o’tamiz, bugungi kunda O’zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining talabalar turar joylarida 774 nafar talaba istiqomat qilib kelmoqda. Talabalar uchun sport majmuasi, suzish havzasi, gimnastika xonasi, axborot-texnologiyalari va kutubxonalar tashkil etilgan bo’lib, talabalar uchun barcha qulayliklar mujassamdir.