Talabalarga osh tarqatildi

Talabalarga osh tarqatildi

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida Kino, televideniye va radio san’ati fakulteti xodimlari tomonidan doshqozonda ehson oshi damlanib, institutning professor-o‘qituvchilari hamda Talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan yigit-qizlarga tarqatildi.

О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida rektor, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan 2018-yilning yanvar oyidan boshlab, an’ana tusini olgan tadbir davomida ta’kidlandiki, institutda yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar bajarilmoqda. Institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda. Bugun tarqatilgan ehson osh xayrli ishlarning mantiqiqy davomidir.

Talabalarga osh tarqatildi

Barchamizga ma’lumki, xalqimiz bebaho qadriyatlari, shu jumladan, mehmondo‘stligi, xayru saxovatligi, qo‘li ochiqligi bilan azaldan olamni o‘ziga maftun etib kelgan. O‘zbek xonadonlarida hamisha qavmu qarindosh, qo‘ni-qo‘shni va yoru qadrdonlarga dasturxon yozish, taom ulashish kabi ishlar asrlar davomida jahon tamadduni sahifalariga zarhal harflar bilan bitilgan. Bunday ishlarni bajarish, yaqinlarni bir dasturxon ustiga jamlash zamirida yaxshilik va baraka borligi e’tirof etiladi. Ana shunday qadriyatlarimiz mohiyatini yosh avlodga yetkazish ham pedagoglarning oldida turgan dolzarb vazifadir.

Professor-о‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, talabalar qatnashgan ushbu marosimda mana shunday ezgu fazilatlar haqida so‘z yuritildi.

Talabalarga osh tarqatildi

Darhaqiqat, mamlakatimizda palov taomi marosimlarning ajralmas qismiga aylangan. Palov har kungi ovqat sifatida ham, bayramona taom sifatida ham dasturxonga tortiladi. Palov odamlarni birlashtiradi, qolaversa, sog‘liq va immunitetni mustahkamlaydi. Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan ushbu saxovat tadbiridan talabalar juda mamnun boʻlishdi.

Talabalarga osh tarqatildi

Bu yoshlar ustozlarining о‘gitlaridan, ular bosib о‘tgan boy hayotiy tajribalaridan о‘rnak olib, bor shijoati, imkoniyatini safarbar etgan holda, ilm sir-asrorlarini mustahkam egallab, jonajon Vatanimizning ravnaqi yо‘lida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, san’at va madaniyat sohalarining yanada rivojlanishida о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shadi.

image_pdfimage_print