Talabalarga eʼtibor

Talabalarga eʼtibor

O‘zbek adabiyotining so‘nmas siymosi, g‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludining 581-yilligi munosabati bilan О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalariga ehson oshi tarqatildi. Dasturxonga osh tortilishi oldidan Alisher Navoiy va o‘tganlarning ruhiga atab Qur’on tilovat qilindi.
Talabalarga eʼtibor
Shu o‘rinda aytish joizki, mazkur tadbir avvalida, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, tyutorlar talabalar turar joyiga tashrif buyurdilar. Talabalar turar joyida yashayotgan yigit-qizlarning yashash sharoitlari o‘rganildi.
– O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida aytilganidek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi, – deydi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan yuksak natijalarga erishilmoqda. Yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish yo‘lida juda muhim ishlar bajarilmoqda. Ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirildi. Yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi samarali islohotlar, yuksak o‘zgarishlar, yangiliklar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, talabalarning mana shunday har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularni yanada ruhlantirib, Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada oshiradi va yangi-yangi yutuqlarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarimiz har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun astoydil harakat qilishimiz kerak. Axir, mamlakatimizning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Shunday ekan, institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlar bajarilishi lozim.
Darhaqiqat, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda.
Institut tasarrufidagi birinchi va ikkinchi talabalar turar joyida barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar talabalar uchun amalga oshirilgan bo‘lib, bu ham talabalarni taʼlimga bo‘lgan qiziqishini, sohaga bo‘lgan mehrlarini oshirmoqda. Chunki talabalar turar joyida talabalarning yo‘nalishidan kelib chiqib, maʼnaviyat xonalarida mashg‘ulotlar olib borishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.
O‘rni kelganda aytish joizki, birinchi va ikkinchi talabalar turar joyida barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar talabalar uchun amalga oshirilgan bo‘lib, bu ham talabalarni taʼlimga bo‘lgan qiziqishini oshirib, sohaga bo‘lgan mehrlarini oshirmoqda. Chunki talabalar turar joyida ularning yashashlari uchun yaxshi sharoitlar bilan birga, talabalarning yo‘nalishidan kelib chiqib, maʼnaviyat xonalarida mashg‘ulotlar olib borishlari uchun imkoniyatlar yaratilgan.
Talabalar turar joyiga yangi muzlatkichlar, har bir xonaga qo‘shimcha kravotlar, yangi kir yuvish mashinalari berilishi talabalarning qalbiga quvonch ulashmoqda. O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti rektori I. Yo‘ldoshevning tashabbuslari bilan institut maʼmuriyati tomonidan har oyning oxirgi juma kuni talabalarga osh tarqatishdek xayrli ishlar amalga oshirilmoqda.
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Ushbu maqsadda institut rahbariyati, professor-о‘qituvchilar tomonidan talabalar turar joyi hamda ijarada turadigan о‘g‘il-qizlarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bо‘lgan kartoshka, piyoz, о‘simlik yog‘i, non singari oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berish an’ana tusini olgan.
Talabalarga eʼtibor
2018-yilning yanvar oyidan boshlab, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan talabalar turar joylarida yashaydigan о‘g‘il-qizlarga institut rahbariyati hamda professor-о‘qituvchilar tomonidan har oyda bir marta homiylik asosida doshqozonlarda osh damlanib, tarqatilishi yо‘lga qо‘yilgan edi.
Talabalarga eʼtibor
О‘tgan yillar davomida ushbu xayrli ish an’ana tusini olib, davom ettirib kelinyapti. Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan ushbu saxovat tadbirlaridan talabalar mamnun boʻlishi tabiiy hol. Bugun tarqatilgan ehson oshi ana shunday xayrli ishlarning mantiqiqy davomidir. Ushu an’ana hali yana davom etaveradi.
Talabalarga eʼtibor

image_pdfimage_print