Talabalarga eʼtibor

Talabalarga eʼtibor

Joriy yilning 12-yanvar kuni О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutining Talabalar turar joylarida yashayotgan yigit-qizlarga yashashlari uchun yaxshi sharoitlarni yaratish maqsadida yangi mebellar to‘plami va qo‘shimcha kravotlar olib kelindi.

Shu munosabar bilan O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshev va professor-о‘qituvchilar, prorektorlar, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, ustoz-murabbiylar, ishchi xodimlar, tyutorlar Talabalar turar joylariga tashrif buyurishdi.
Talabalarga eʼtibor
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Prezidentimizning O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan bayram tabrigida aytilganidek, Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida o‘tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrifiy manzarasi butunlay o‘zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi, – deydi professor Ibrohim Yо‘ldoshev. – Mamlakatimizda inson manfaatlari oliy qadriyat darajasiga ko‘tarildi. Xalqning dardini eshitish, ularning muammolarini hal etishda, shak-shubhasiz, kutilgan yuksak natijalarga erishilmoqda. Yurtimizda huquqiy demokratik va ochiq fuqarolik jamiyatini qurish, xalqimiz uchun obod va farovon hayot barpo etish yo‘lida juda muhim ishlar bajarilmoqda. Ilgari amal qilib kelgan “davlat – jamiyat – inson” tamoyili “inson – jamiyat – davlat” deb o‘zgartirildi. Yangi taraqqiyot bosqichini bosayotgan mamlakatimizda ta’lim sohasida ham katta qadamlar tashlanmoqda. Mamlakatimiz taʼlim tizimidagi samarali islohotlar, yuksak o‘zgarishlar, yangiliklar O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti faoliyatida ham yaqqol namoyon bo‘lmoqda, Talabalarni mana shunday har tomonlama qo‘llab-quvvatlanayotgani ularni yanada ruhlantirib, Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada oshiradi va yangi-yangi yutuqlarga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi. Talabalarimiz har tomonlama yetuk, barkamol, mustaqil fikrlaydigan o‘zining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajaradigan mutaxassislar bo‘lib yetishishlari uchun astoydil harakat qilishimiz kerak. Ayniqsa, bugungi jadal rivojlanib borayotgan global davrda, har bir pedagog xodim yoshlarning ta’lim tarbiyasi, kiyinish madaniyati darslardagi ishtiroki, amaliy hamda nazariy mashg‘ulotlarda vaqtida qatnashishi, о‘g‘il-qizlarni о‘z ustilarida tinimsiz izlanishlar olib borishlari kabi masalalarga jiddiy ahamiyat qaratishi zarur. Axir, mamlakatimizning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Shunday ekan, institut tomonidan yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida yanada samarali ishlarni bajarish lozim.
Talabalarga eʼtibor
Shuningdek, tyutorlarning asosiy vazifalari xususida fikr yuritildi. Ular institut va talabalar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash, talabalarga uslubiy, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish va talabalarda tanlagan kasbiga muhabbatni oshirishga harakat qilishi kerak. Shu bilan birga, ular yigit-qizlarning dars mashg‘ulotlarini muntazam tahlil qilib borishi lozim. Ularning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishini taʼminlaydi hamda ijtimoiy ahvolidan doimiy xabardor bo‘lib turadi. Har bir tyutor talabalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladi, ularning ta’lim olishi, ilm bilan shug‘ullanishi, yashashi va dam olishi uchun sharoitlar yaratishga ko‘maklashadi.
Talabalarga eʼtibor
Yigit-qizlarning o‘quv intizomini mustahkamlash, ularda ijodiy fikrlash, halollik, to‘g‘ri so‘zlik kabi xislatlarni shakllantirish borasida tizimli ishlarni yo‘lga qo‘yadi. Iqtidorli, iste’dodli talabalarni aniqlab, ularning turli tanlov va olimpiadalarda munosib ishtirok etishini ta’minlaydi.
Darhaqiqat, О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida talabalarning bilim olishlari uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularni moddiy va ma’naviy qо‘llab-quvvatlash ustuvor vazifalardan biri etib belgilangan. Institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda.
Talabalarga eʼtibor
Institut tasarrufidagi birinchi va ikkinchi talabalar turar joyida barcha shart-sharoitlar va imkoniyatlar talabalar uchun amalga oshirilgan bo‘lib, bu ham talabalarni taʼlimga bo‘lgan qiziqishini, sohaga bo‘lgan mehrlarini oshirmoqda. Chunki talabalar turar joyida talabalarning yo‘nalishidan kelib chiqib, maʼnaviyat xonalarida mashg‘ulotlar olib borishlari uchun ham imkoniyatlar yaratilgan.
Shuningdek, o‘zaro suhbat davomida ta’lim dargohining moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishga xizmat qiladigan yanada zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini o‘quv jarayonlariga tadbiq etish borasida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.
Talabalarga eʼtibor

image_pdfimage_print