Talabalar uchun ko‘chma dars

Talabalar uchun ko‘chma dars
O‘zDSMI “San‘at sohasida prodyuserlik” yo‘nalishining 1- bosqich talabalari uchun Prodyuserlik faoliyati fani o‘qituvchisi Umid Tojiddinov tomonidan ko‘chma dars “Sevimli” telekanalida o‘tildi.
Talabalar “Tushlik vaqti” ko‘rsatuvini suratga olish jarayonini kuzatishdi.
Talabalar uchun ko‘chma dars
“Mahallada duv-duv gap” ko‘rsatuvining ijrochi prodyuseri Aziz Toshpulatovning kasb mahorati va prodyuserlik tajribalariga oid ma‘lumotlaridan xabardor bo‘lish bilan bir qatorda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar oldilar.
Talabalar uchun ko‘chma dars
Shuningdek, “Sevimli” telekanalida efirga uzatilgan “Mashhurlar” loyihasining prodyuseri Dilafruz Valiyevna bilan prodyuserlik sohasiga oid bir qator savollarga javoblar oldilar.
Talabalar uchun ko‘chma dars
Bundan tashqari 1- bosqich talabalari Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzuridagi Konfutsiy instituti va Temiryo‘lchilar muzeyini sayr qilib, o‘zlari uchun kerakli ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print