
Joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida o‘tkazilgan “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan “Folklor va etnografiya” kafedrasi tomonidan doshqozonda ehson oshi damlanib, institutning professor-o‘qituvchilari hamda Talabalar turar joylarida istiqomat qiladigan yigit-qizlarga tarqatildi.
Bunday xayrli ishlar institutda 2018-yilning yanvar oyidan boshlab, institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yо‘ldoshevning tashabbusi bilan muntazam o‘tkazilib kelinadi. Kо‘rsatilgan ushbu saxovat yoshlarning kechki dasturxoniga о‘ziga xos tuhfa bо‘ldi. Institut jamoasi tomonidan amalga oshirilayotgan shu kabi xayrli ishlar mamlakatimiz kelajagi bо‘lgan о‘g‘il-qizlarni mehr-oqibatli, saxovatpesha, о‘zlari tug‘ilib о‘sgan shu muqaddas zaminga munosib avlodlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.
Bu yoshlar ustozlarining о‘gitlaridan, ular bosib о‘tgan boy hayotiy tajribalaridan о‘rnak olib, bor shijoati, imkoniyatini safarbar etgan holda, ilm sir-asrorlarini mustahkam egallab, jonajon Vatanimizning ravnaqi yо‘lida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, san’at va madaniyat sohalarining yanada rivojlanishida о‘zlarining munosib hissalarini qо‘shadi. Axir, mamlakatimizning kelajagi bugun kamolga yetayotgan yoshlar qo‘lida. Shu bois, institutda yoshlarning intilishlarini, iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash borasida samarali ishlar bajarilmoqda. Institut rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan maqsadli saʼy-harakatlar nafaqat taʼlim borasida, balki oliygohda taʼlim olayotgan yoshlarning talabalar turar joyidagi qulayliklar, ular uchun yaxshi sharoitlar yaratib berishga ham qaratilmoqda.
Inson ma’naviy yetukligining yorqin namunasi bо‘lgan ushbu saxovat tadbirlaridan ham talabalar mamnun boʻlishi esa tabiiy hol. Bugun tarqatilgan ehson osh xayrli ishlarning mantiqiqy davomidir. О‘tgan yillar davomida ushbu xayrli ish an’ana tusini olib, davom ettirib kelinayotgani quvonarli, albatta. Ushbu an’ana hali yana davom etaveradi.