Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish  — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

22-avgust kuni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida yangi o’quv mavsumiga tayyorgarlik jarayonlari borasida yig‘ilish o‘tkazildi.

Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish  — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

Yig‘ilishda institut rektori, filologiya fanlari doktori, professor Ibrohim Yuldashev bir qator masalalarni ilgari surdi, jumladan:

— Institutdagi kadrlar salohiyatini oshirish, shuningdek, bo‘sh ish o‘rinlariga mazkur oliygohni tamomlagan yosh va shijoatli kadrlarni jalb etish;
— Kafedra o‘qituvchilarining yoshlarga ma’naviy ozuqa beradigan ilmiy ishlarini ko‘paytirish;
— Yangi o‘quv mavsumi avvalida yo‘l xaritasi tuzish;

Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish  — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

— Kredit-modul tizimini takomillashtirish;
— Talabalarni turar joy bilan ta’minlash;
— Talabalarni turar joyini raqamlashtirish, ehtiyojmand, imkoniyati cheklangan va nogironligi bo‘lgan shaxslarni birinchi navbatda bepul yotoqxona bilan ta’minlash;

Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish  — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

— Talabalarni turar joyidan o‘rin ololmagan o‘quvchilarni ijara uylariga joylashtirishda ko‘maklashish;
— Mustaqillik bayrami qatnashchilariga yetarlicha shart-sharoit yaratish hamda ularni moddiy rag‘batlantirish kabi vazifalar belgilandi.

Shuningdek, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti rektori o‘qituvchi emas, institut imkoniyatiga qarab dars belgilash lozimligini ta’kidladi.

Talabalar turar joyining narxini belgilash, yosh kadrlarni ishga qabul qilish  — 22-avgustda qanday masalalar ilgari surildi?

Eslatib o‘tamiz, 2022/23 yilgi o‘quv mavsumi 5-sentyabrdan boshlanadi. Aynan shu kuni talabalar-turar joyi binosi ham oliygoh o‘quvchilarini qabul qiladi. Talabalar turar joyining narxi ikki toifaga ajratiladi. Unga ko‘ra, oddiy xonalarning oylik ijara narxi 250 ming so‘mni tashkil etsa, luks xonalarning narxi 300 ming so‘m etib belgilandi.

image_pdfimage_print