Talabalar turar joyi ta’tildan qaytayotgan yigit-qizlarni qabul qilishga shay

Bugun O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Investetsiyalar boshqarmasi mutasaddilari tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida vazirlik mas’ullari talabalar turar joyi va o‘quv binolaridagi issiqlik manbalarining holati bilan tanishdi.
Qolaversa, mutasaddilar talabalar bilan samimiy muloqot olib borib, ularning kelgusidagi ishlariga va o‘qishlariga muvaffaqiyat tilashdi.
Qayd etish joiz, qishki ta’til davridan so‘ng institut talabalar turar-joyi yigit-qizlarni qabul qilishga shay holatga keltirilgan. Shu bilan birga, talabalar institutda tashkil etilgan to‘garaklar, sport mashg‘ulotlarida ishtirok etishi va kutubxonadan foydalanishlari mumkin.