Talabalar tomonidan “Makbet” asari sahnalashtirildi

Bugun Teatr san’ati fakulteti “Dramatik teatr va kino aktyorligi” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari tomonidan O‘quv teatri binosida dunyoga mashhur ingliz dramaturgi Uilyam Shekspirning “Makbet” asari sahnalashtirildi.
Diplom spektakli sifatida sahnalashtirilgan mazkur sahna asari O‘quv teatriga tashrif buyurgan tomoshabinlarning olqishiga sazovor bo‘ldi.
Badiiy rahbar: O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, professor Munavvara Abdullayeva
Aktyorlik mahorati fani o‘qituvchisi: Qahramon Madrimov
Raqs fani o‘qituvchisi: Narziddin Shermatov
Sahna harakati fani o‘qituvchisi: Rahimjon Do‘sanov
Plastika fani o‘qituvchisi: Sardor Mannonov
Grim ustasi: dotsent Feruza Jalilova
Sahnalashtiruvchi rassom: Alisher To‘laboyev