Talabalar o‘rtasida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi

O‘zDSMI talabalar turar joyida shanba ijodiy kun munosabati bilan Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Unda to‘rtta bilimdon jamoa ishtirok etdi, bular: “Yetakchi yoshlar”, “Kelajak umidlari”, “Renessans”, “Liderlar”.
Murosasiz kechgan bahsda “Yetakchi yoshlar” jamoasi g‘olib bo‘ldi. Bahsni 1-talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi U.Isomiddinov va Teatr san’ati fakulteti dekani muovini Sh.Rahmatovlar baholab borishdi.
Zakovat o‘yinlari bundan keyin ham muntazam ravishda davom ettiriladi.