Talabalar ishtirokida tashkil etilgan Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi

Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tanqidiy-tahliliy ruhda о‘tgan Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi о‘ziga xosligi bilan ajralib turdi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev rahbarligida о‘tkazilgan yig‘ilishda aniqlangan kamchilik va muammolarning kelib chiqish sababalari, ularni bartaraf etish yо‘llariga asosiy e’tibor qaratildi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Dastlab, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bо‘limi boshlig‘i M. Dusmurodovning hisoboti tinglandi.Unda О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining faromonlari, farmoyishlari, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va bayonlari, vazirliklarning buyruqlari, topshiriqlarining bajarilishi masalasi kо‘rib chiqildi. Ushbu yо‘nalishda kamchiliklarga yо‘l qо‘ygan mas’ullarning hisobotlari tinglanib, agar shu kabi kamchiliklar yana takrorlansa ularga nisbatan qat’iy choralar kо‘rilishi aytildi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Navbatdagi masala –Ta’lim sifatini nazorat qilish bо‘limi boshlig‘i O. Dadamirzayevning ta’lim tizimi va madaniy-ma’rifiy ishlar bо‘yicha tahliliy, tanqidiy ma’ruzasi tinglandi.E’tirof etilganidek, fakultetlarda ta’lim tizimi, dars jarayonlarida hamon oqsoqliklar, darsni tashkil etishda kamchiliklar kо‘zga tashlanmoqda. Shundan kelib chiqilgani holda institut rektori Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan bu kabi holatlarni zudlik bilan bartaraf etish bо‘yicha mas’ullarga aniq kо‘rsatmalar berildi. O.Dadamirzayevning attestatsiyaga tayyorgarlik holati borasidagi hisoboti yuzasidan ham tegishli tavsiyalar berildi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Kun tartibidan о‘rin olgan navbatdagi masala – Teatr san’ati fakultetining qator ta’lim yо‘nalishlarida darslarni о‘tishdagi salbiy holatlar bо‘yicha mas’ullarning fikrlari tinglandi, sabablariga aniqliklar kiritildi hamda kelgusida bu kabi kamchiliklarni oldini olish borasida Ibrohim Yо‘ldoshev tomonidan aniq tavsiyalar berildi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Bevosita talabalar ishtirokida tashkil etilgan Ilmiy kengashning yig‘ilishida О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi J.Nishonovaning axboroti tinglandi. Unda institut talabalarini moddiy rag‘batlantirish va qо‘llab-quvvatlash, yoshlar yetakchilariga mutasaddilarning munosabati singari qator masalalar о‘rtaga tashlandi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
J.Nishonovaning talabalar uchun tikuvchilik sexini ochish,bir necha tugaraklarni tashkil etish, yoshlarga innovatsion xona ajratish, noyabr oyida “Talabalar festivali”ni о‘tkazish singari takliflari institut rektori, kengash a’zolari tomonidan qо‘llab-quvvatlandi va buning uchun zarur mablag‘lar ajratilib, tegishli choralar kо‘riladigan bо‘ldi.
Talabalar ishtirokida tashkil etilgan  Ilmiy kengashning navbatdagi yig‘ilishi
Shuningdek, yig‘ilishda kun tartibiga kiritilgan boshqa masalalar ham kо‘rib chiqildi va kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi.

 

Matbuot kotibi

image_pdfimage_print